BIOSTEP – bu terlashni kamaytirish, tana, oyoq va poyabzaldagi noxush ter hidlarni yo‘qotishga qaratilgan gigiyena mahsuloti.
Dush qabul qilib bo‘lgach, sochiq bilan artinganingizdan so‘ng, mahsulotni nam teriga— muammoli joylarga darhol surtish tavsiya etiladi. Qo‘ltiq ostiga qo‘llanganda paxta diskiga yoki kaftga kukundan biroz sepiladi va asta harakatlar bilan surtiladi. Ayollar mahsulotni ko‘krak osti va bikini sohasiga qo‘llashlari mumkin.
Oyoqlar uchun qo‘llash qoidasi quyidagicha: to‘pig‘ingizga yuqoridan pastga yo‘nalishda, barmoqlar orasiga oz miqdorda kukundan seping va singib ketgunigacha ishqalang. Oyoq kiyimingizda ham muammo mavjud bo‘lsa, kechki mahal poyabzalning ichiga oz miqdorda mahsulotdan sepib qo‘ying.
Ushbu mahsulot emizikli ayollar va yetti (7) yoshdan oshgan bolalar uchun xavfsiz.
BIOSTEP shuningdek, zamburug‘ va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi ajoyib vositadir. U quritish xususiyatiga ega bo‘lib, oyoqlaringizdagi mikroyoriqlar, toshmalar va qadoqlarni davolaydi. Mahsulot yoqimsiz hidlarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘q qilish xususiyatiga ega. Mahsulot samarasi ikki yoki uchinchi bor qo‘llangandan so‘ng sezila boshlaydi. U gippoalergen, tarkibida kimyoviy moddalar mavjud emas..
Kamdan-kam hollarda qo‘llash sohasida qizarish paydo bo‘lishi mumkin. Agar siz bunday reaksiyaga duch kelsangiz, mahsulotdan foydalanishni bir muddat to‘xtatishingiz kerak. Chunki sizda achchiqtoshning tarkibidagi komponentlarni individual ko‘tara olmaslik holati kuzatilishi mumkin. Ichga yutmang va qat’iy ko‘rsatmalarga muvofiq foydalaning.